Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi yuzasidan

 Yangibozor tumanidagi Pahlavon Mahmud mahallasida joylashgan 6-son umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi yuzasidan
ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Masharibov ishtirok etdi. Tadbir davomida Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar,
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim, madaniyat, ma’naviyat, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari atroflicha muhokama
qilindi. Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada bayon etilgan g‘oya va tashabbuslar xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ularni
amaliyotga tatbiq etish borasida faol bo‘lish zarurligini qayd etdilar.
  

Slide 1 of 3