Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, tuman Kengashi deputati Karomat Karimova A.Navoiy mahallasida o‘rganishlar davomida aniqlanishicha, suv minorasida (bashnyada) suv to‘planmasdan, noqonuniy quvur orqali suv bevosita aholi xonadonlaridagi kranlarga haydalgan. Natijada suv nasosi kuygan, filtrlash tizimi ishlamaydi, mas’ullar tomonidan holat joyiga chiqib ko‘rilmagan hamda nosozliklar bartaraf etilmagan.

Shu sababli, hozirgi vaqtda mahallada ichimlik suvi sanitariya talablariga javob bermaydi va foydalanish uchun yaroqsiz holatda.

Mazkur muammo yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, masalani bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 4