🔰Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Faxriddin Matasimov va Ravshan Siddikov vakili hamda tegishli mas'ullar tomonidan shahardagi "Oydin" dehqon bozorida aholining kundalik ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi holati o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning narx-navo barqarorligi, savdo sharoitlari hamda aholiga yetarli miqdorda taqdim etilayotganligi yuzasidan monitoring olib borildi.
🔰Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholining iste’mol savatchasiga kiradigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narxlar barqarorligini ta’minlash, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay savdo sharoitlarini yaratishdan iboratdir.