Yangiliklar

DEPUTAT XALQ BILAN HAMNAFAS!

↩️Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishi uchun imkoniyatlar yaratish, jamiyatdagi o‘rnini oshirish hamda mavjud muammolarini hal etish maqsadida Uchquduq tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, 1-sektor rahbari U.Yelmuratov, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Radjapov “Yo‘lchilar” ovulidagi bir necha xonadonlarda bo‘ldi.

  ⤵️ Ovul fuqarolar yig‘inidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘rganilib, daromadi past oilalar, ehtiyojmand va nochor oilalarning daromad manbaini oshirishga doir olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

↩️Shuningdek, ovulda xonadonlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham o‘rganildi.

Slide 1 of 8