Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 118-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:
- Bo‘stonliq tumanida aholi bandligi ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, xorijda yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha tuman sektor rahbarlarining 2024-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
- Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetini 2024-yil 1-chorak ijrosi hamda xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida;
- O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi boshlig‘ining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2024-yil 1-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;
- Bo‘stonliq tumanida “Yashil bog‘”lar barpo qilish va boshqa masalalar to‘g‘risida bo‘ldi.
Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.