Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashining 48-sessiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada quyidagi masalalar kiritilgan.
-Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga kiritilgan Madaniyat muassasalari holati, ommaviy dam olish joylari uchun infratuzilmaning mavjudligini va ularning holati yuzasidan tuman Madaniyat bo‘limi rahbarining hisoboti to‘g‘risida.
-Aholi o‘rtasida is gazidan zaxarlanish, chaqnashdagi holatlarni oldini olishga qaratilgan ishlarning holati yuzasidan mas’ul idora rahbarlarini hisoboti to‘g‘risida.
-Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga kiritilgan tuman yoshlarga oid davlat siyosati bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish va natijalarini muhokama qilish yuzasidan Yoshlar ishlar agentligi Oltinko‘l tuman bo‘limi rahbarining hisoboti to‘g‘risida.
-Oltinko‘l tuman hududida “Tuman hokimlik bog‘i”, “Yashil jamoat parki”, “Yashil bog‘” va “Yashil belbog‘lar” tashkil etish to‘g‘risida.
-Saylovchilar bilan uchrashuvlarda kelib tushayotgan murojaatlarga asosan chiqindi tashish bilan bog‘liq xarajatlardagi noaniqliklarni bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijrosi to‘g‘risida.
-Tumanda “Ayollar daftari”ning 5-bosqich ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida.
-“Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
-Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.
-Boshqa masalalar