Kuni kecha xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov o‘zi saylangan Avazmalik mahallasida aholi bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi mahalla infratuzilmasini yaxshilash va ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘ldi. Muhim jihati shundaki, davlat dasturi doirasida hududda 400 metr yo‘lni asfalt qilish ko‘zda tutilgan edi. Biroq, aholining tashabbuskorligi va o‘zaro kelishuv natijasida ushbu ko‘rsatkichni homiylik hamda hashar yo‘li bilan 600 metrga yetkazishga qaror qilindi.