Sessiyada deputatlar, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati G.A.Agzamova, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada 2026-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibida: Mirobod tumanini 2026-yilga mo‘ljallangan biznes rejasini tasdiqlash;
Mirobod tuman hokimi va uning o‘rinbosarlarini mahallalarga noma-nom biriktirish;
Mirobod tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini 2025-yil to‘rtinchi chorak yakuni bo‘yicha ishlatilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-280-V-sonli qarori ijrosi;
Mirobod tumanida 2025-yil yakunlariga ko‘ra byudjet daromadlari bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi;
Mirobod tumanida “Zarbdor tajribasi” namunasi asosida drayver loyihalarni amalga oshirish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida;
Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan qaror qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: