Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, “Nayman” MFY “mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvda fuqarolar tomonidan hududdagi yoʻlni asfaltlashtirish, ichimlik suvi quvurini almashtirish, obodonlashtirish masalalari yuzasidan 3 ta murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʻyicha deputat tegishli tashkilotlar bilan ishlashi, huquqiy tushuncha beradigan fuqarolarga esa huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek, Senatning 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi doirasida mahalla profilaktika inspektori faoliyati va meyoriy hujjatlari koʻzdan kechirilib, mahallada jinoyatchilikni olidini olish borasida olib borilgan ishlar tahlil qilindi.