Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarorining tumandagi ijrosi
янв.21
Tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yigilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Yоshlаr maslahat guruhlari tashkil qilinmoqda
янв.21
Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligi amalda
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar mаsаlаlаri bo‘yichа doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Kengash deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan о‘zaro hamkorligi amalda.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
“Yoshlar bilan - ochiq muloqot”

 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida videoselektor shaklida yoshlar bilan o'tkazgan ochiq muloqotida
belgilangan asosiy vazifalarni yoshlarga yetkazish shuningdek, “O‘zbekiston –2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi bilan yaqindan tanishtirish, demokratik islohotlarning mazmun-mohiyatini hamda partiyaning dasturiy maqsadlarini yoshlarga tushuntirish va ularni siyosiy jarayonlarga jalb etish maqsadida Termiz davlat universitetida “Ekologik madaniyat: muammo va yechimlar” mavzusida “Yoshlar bilan - ochiq muloqot” tashkil etildi.
   

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi, viloyat Kengashi deputati Ibrohim Yoqubov, shahar Ekologik
partiyasi deputatlik
guruhi rahbari, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Abramatova, universitetning professor o'qituvchilari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Yoshlarning dolzarb muammolari, orzu-intilishlari, taklif va tashabbuslari ochiq muhokama qilindi. 

Muloqot davomida iqlim o‘zgarishi, havo va suv ifloslanishi, chiqindilarning ko‘payishi, biologik xilma-xillikning kamayishi, ekologik tafakkur, sog‘lom
turmush tarzi, tabiatni asrash kabi masalalar ham alohida e’tiborda bo‘ldi.
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi viloyat partiya tashkiloti raisi yoshlar bilan bevosita
suhbatda bo‘lib, ularning g‘oyalarini eshitdi, taklif va tashabbsularini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
  

Slide 1 of 5