Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.



🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 4-Afg‘on saylov okrugidan saylangan deputat L. O‘tkirovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan “Ehtirom” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati tahlil qilindi.
📊 Ijobiy natijalar:
🔹 Yil boshida Ijtimoiy reestrda 25 ta oila bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 16 ta oila qolgan;
🔹 9 ta oilaning yashash sharoiti va daromadlari yaxshilangan;
🔹 2 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan;
🔹 4 nafar fuqaroga 60 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilgan;
🔹 2 nafar fuqaroga tikuv mashinalari ssuda asosida olib berilgan.
📉 Hozirda “Ehtirom” MFYda kambag‘allik darajasi 2,1 foizni tashkil etib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 1 foizga tushirish maqsad qilingan.
🤝 Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularni manzilli ijtimoiy xizmat va moddiy yordamlar bilan qamrab olish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 3