Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Toshkentlik go‘zari ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 18-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputati R.Talipdjanov tomonidan “Toshkentlik go‘zari” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va hududdagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi Toshkentlik go‘zari ko‘chasining 400 metr qismini asfaltlashtirish masalasi yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushgani ma’lum bo‘ldi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan mazkur masala ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, transport vositalari va piyodalar harakati uchun qulay sharoit yaratish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Ko‘chalarning ravon va sifatli yo‘l qoplamasiga ega bo‘lishi fuqarolarning kundalik hayotida muhim o‘rin tutadi. Xususan, yo‘lning asfaltlanishi transport qatnovini yengillashtirish, piyodalar harakati uchun qulaylik yaratish hamda noqulay ob-havo sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Deputatlik o‘rganishi davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatning mazmuni va dolzarbligiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, ko‘chaning 400 metr qismini asfaltlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, ushbu masala yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda muammoning qonuniy tartibda hal etilishiga ko‘maklashish zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala yuzasidan aholi murojaatini tegishli tartibda ko‘rib chiqish, yo‘l ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish va zarur choralarni belgilash muhim hisoblanadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4