Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#kotibiyat_mudirii_faoliyati
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanining "Qaldirg‘och" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

XXalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 16-"Qaldirg'och" saylov okrugidan saylangan deputat Qudratov Davron Qo'ldoshevich okrugiga qarashli "Qaldirg'och" mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tashrif buyurib "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Bandixon tumanidagi "Qaldirg‘och" mahallasida  amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla guzari qurilishining borishi, qurilish ishlarining sifati, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, Deputatlar mas'ul mutasaddilari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" dasturi doirasida "Bandixon" mahallasi PK-49 obyekti bo‘yicha 12,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur loyiha asosida 75V089 "Oybek q – Bandixon Shreder ilmiy tadqiqot xo'jaligi" avtomobil yo'lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog' va Qaldirg'och mahallalari hududidan o'tuvchi 13 kilometrlik qismida yo‘llar asfalt qoplamasini yotqizishga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlarning izchil davom ettirilishi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati davomida "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari belgilangan reja asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 3