Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
30-MAKTABDA SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI

Yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishi, o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanishga munosib sharoit yaratish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bu borada ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasining holati va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga oid 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 12-Toshkesar saylov okrugi deputati X.Mashrabaeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Tuyagum mahallasidagi 30-umumta’lim maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

O‘rganish davomida maktabning sport maydoni bugungi holatiga e’tibor qaratilib, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport maydonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, xususan, sun’iy qoplamali stadion qurish masalasi muhokama qilindi.

Deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ–1123-son “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur qonunda jismoniy tarbiya va sportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, aholini sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sport infratuzilmasini rivojlantirishga doir vazifalar belgilangan.

Shu nuqtai nazardan, maktab hududida zamonaviy sport maydonini tashkil etish nafaqat o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, balki yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Deputatlik o‘rganishi davomida muhokama qilingan masala maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash, o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish va tegishli qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir. Sun’iy qoplamali stadion qurish tashabbusining amalga oshirilishi esa yoshlarning sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3