Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, bosh mutaxassislar A.Nurmatov va M.Abdulmajidov tomonidan “Ma’rifat” MFY hududidagi boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi hamda ko‘p qavatli uylarning saqlanish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, kirish-chiqish hududlari, bolalar maydonchalari va uylar atrofidagi hududlarning sanitariya holati, tozaligi hamda tungi yoritish tizimlarining ishlash darajasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, boshqaruv kompaniyalari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, obodonlashtirish va tozalik ishlarining tashkil etilishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarda sanitariya holatini yanada yaxshilash, yoritish tizimlaridagi nosozliklarni bartaraf etish hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3