Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Inson qadri va e’tibor amalda: ijtimoiy himoyaga muhtoj oila holidan xabar olindi

Inson qadri va e’tibor amalda: ijtimoiy himoyaga muhtoj oila holidan xabar olindi

Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov “Marg‘ilon” mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqaro G‘ofurova Iymona Odiljon qizining xonadoniga tashrif buyurib, oila a’zolari bilan suhbatlashdi hamda ularning holidan xabar oldi.

Mazkur oila mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan bo‘lib, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari bilan qamrab olingan.

Xususan, 6 yoshli Iymona PTPK xulosasi asosida “Firdavs” maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo‘naltirilgan. Shuningdek, unga nogironlik aravachasi ajratilgan, oila oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan, moddiy yordam hamda tegishli nafaqa turlari tayinlangan.

Bundan tashqari, xonadon uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi to‘lovlari bo‘yicha kompensatsiyalar ajratilgan. Shu bilan birga, Ramazon hayiti munosabati bilan bir martalik moddiy yordam mablag‘lari ham berilgan.

Tashrif davomida oilaning bugungi turmush sharoiti, ehtiyoj va muammolari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3