Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
34-umumta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazildi

34-umumta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Mahkamova Yodgora tomonidan 34-umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ta’lim-tarbiya jarayonining bugungi holati, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, yoshlar tarbiyasida oila va ta’lim muassasasi hamkorligining o‘rni atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ota-onalar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish jarayonida yoshlar tarbiyasida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi-yoshlarning faolligini kuchaytirish hamda ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv ochiq va samimiy muloqot asosida aholi bilan yaqindan ishlash, yoshlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2