Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13_band #mudir_ish_rejasi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Jayxun” mahallasida yoshlar uchun yaratilgan sport sharoitlari nazoratda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Jayxun” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur jarayon Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Nazorat-tahlil davomida mahalla hududida joylashgan futbol maydonchasining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, sport inshootining umumiy holati, undan yoshlar va aholi tomonidan foydalanish imkoniyatlari, maydonchaning obodonligi hamda mavjud kamchiliklar o‘rganildi.

Shuningdek, hududdagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va mahallalarda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar deputatlar tomonidan tahlil qilinib, futbol maydonchasidan yoshlar uchun yanada qulay va samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududda sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.

Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarining bunday shaklda tashkil etilishi mahallalarda mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqib aniqlash, ularni mas’ullar bilan muhokama qilish hamda aholi, ayniqsa yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.