Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Mehrobod” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi

Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi muammolarini joyida aniqlash va hal etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozovga biriktirilgan “Mehrobod” mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi ishtirokida muhokoma yig‘ilish o‘tkazilib, mahallada aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla miqyosida ijrosini ta’minlash, “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish va aholining murojaatlarini joyida hal etish bo‘yicha vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.