Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #21_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Ma'rifat” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Termiz shahrida mahallalarda osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarga olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 19-"Ma'rifat" saylov okrugi deputati A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar tomonidan “Ma'rifat” mahallasida hududdagi jinoyatchilik holati va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Alohida e’tibor “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda mahalla, profilaktika inspektori va tegishli mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududda jinoyatchilikni kamaytirish, “qizil” va “sariq” hududlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi