Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Noib ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan “Nonvoylik guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ularni reyestrdan chiqarish hamda doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida xonadonlarga tashriflar amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish davomida Do‘stlik ko‘chasi, 16-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Ergasheva xonadoniga tashrif buyurilib, oila a’zolari bilan suhbatlashildi.

Suhbat davomida oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi. Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, oilani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, oilani kelgusida barqaror daromad manbaiga ega qilish, bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralarni belgilash hamda oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3