Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Mahallada yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati A.Mamatqulov tomonidan deputat A.Mamatqulov saylangan “Muqimiy” mahallasida amalga oshirilgan va ishga tushirilgan investitsiya loyihalari bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida Qo‘qon shahar hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari O.Mingboyev hamda mahalla hokim yordamchisi D.Rahimov ishtirok etdi.

Tashrif davomida tadbirkor Ya.Akramov tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihasi faoliyati o‘rganildi. Qiymati 2 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha doirasida aholiga zarur bo‘lgan oziq-ovqat hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan zamonaviy supermarket ishga tushirilgan.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida mahalla hududida 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa aholi, ayniqsa, mehnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash va ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

O‘rganish davomida loyiha faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishilib, kelgusida loyihani yanada kengaytirish va mahallada yangi investitsiya tashabbuslarini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3