35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#19¹_modda #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputat_faoliyati #Yangi_Ozbekiston_qiyofasi

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 16-“Mo‘minqul” saylov okrugidan saylangan deputati Qodirov Rasul Saydullayevich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholini hamda aholi tomorqalarini sug‘orish uchun suv bilan barqaror ta’minlash, qishloq xo‘jaligi yerlaridan, jumladan, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, shuningdek, aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3