O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-298-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Raxmonov tomonidan “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi “Kuyovboshi” mfyda aholi dam olishi uchun maskan barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida 2,96 gektar maydonda aholi dam olish maskanini tashkil etish doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma ishlari, jumladan, 0,7 km piyodalar yo‘lagini qurish hamda 8 400 kvadrat metr maydonga sug‘orish (poliv) tizimini tortish ishlari ko‘zdan kechirildi.