Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Oltinsoy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 12 sentyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda mahsulot etishtirishning uzluksizligini ta’minlash va erdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-172-son Farmoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Muhokama yakunida mazkur masala yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilinib, tegishli qaror loyihasi Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun ma’qullandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz