Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati U.Xolmatov tomonidan shahar ixtisoslashtirilgan maktabining kutubxonasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi, kitob fondidan foydalanish imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilishga keng jalb etish, kutubxona fondini zamonaviy va zarur adabiyotlar bilan boyitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan o‘quvchilarning bilim olish va mustaqil izlanishlari uchun kutubxonadan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.