Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda
✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 20-okrug deputati F.Zokirov tomonidan “Abdijallilbob” mahallasida mahalla faollari bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, aholini qiynayotgan muammolar va mavjud masalalar o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning murojaatlari tinglandi hamda mahalladagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
✅Aholi murojaatlari va muammolarini joyida o‘rganish, ularning yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.