🔰Аholi murojaatlari va muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati G.Tursunova tomonidan “Katta Chinor” mahallasida mahalla raisi tomonidan aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
🔰O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, ko‘tarilgan masalalarni hal etish hamda murojaatlar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔰Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.