Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Jo'raboyeva Zulfizar Eshboyevna tomonidan Madaniyat mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish hamda boshqa kommunal masalalar yuzasidan mavjud muammolar o‘rganildi.
Bildirilgan murojaatlarning har biri atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.
Sayyor qabullar orqali aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.