Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
MAKTAB HUDUDIDAGI FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

MAKTAB HUDUDIDAGI FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI

📇 Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirish masalalari doimo e’tiborda.

🇺🇿 Uchtepa tumani Xuroson mahallasidagi 355-sonli umumta’lim maktabi rahbariyatining murojaatiga asosan, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi “25-Qo‘rg‘on” saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan maktab hududidagi mavjud holatni o‘rganish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📝 Murojaatda maktab hududida joylashgan futbol maydonining eskirgani, uning bugungi kundagi holati o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish uchun yetarli darajada qulaylik yaratmayotgani qayd etilgan.

💼 Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda maktab rahbariyati ishtirok etdi.

⚙️ O‘rganish davomida futbol maydonining mavjud holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, uning texnik va foydalanish holatiga baho berildi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun xavfsiz va zamonaviy sport muhitini yaratish, futbol maydonini ta’mirlash hamda zarur sharoitlarni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚽️ Sport — sog‘lom avlod tarbiyasining muhim omili. Shu bois ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini rivojlantirish, o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish muhim vazifalardan biridir.

🗣 Deputat tomonidan mazkur masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud muammoni bartaraf qilish imkoniyatlarini o‘rganish hamda o‘quvchilar manfaatidan kelib chiqib tegishli choralarni belgilash yuzasidan ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

📈 Deputatlik faoliyati — aholi va jamoatchilik murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimi uchun tegishli choralarni ko‘rishdir.

Slide 1 of 3