Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati G.Absatovalar tomonidan tumandagi 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabda o‘quv jarayonini yangi o‘quv yilida sifatli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, sport zali, sanitariya-gigiyena holati hamda bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida isitish tizimlarining sozligi, mavjud jihozlarning holati, maktab hududining obodonlashtirilishi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash hamda kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish va ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib, xavfsiz hamda qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4