Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati L.Bayanasov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida umumiy o‘rta ta’lim sohasida belgilangan vazifalarning amaliyotga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonini tashkil etish, maktablarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etish, o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, pedagog xodimlar faoliyati hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari muhokama qilinib, ta’lim tizimida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilarga sifatli ta’lim olish uchun yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2