Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, tuman hokimi O.Umarov “Sharq” OFYda bo‘lib, mahalladagi ishsiz fuqarolar bilan ishlash, ularni bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholining daromadlarini oshirish, xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolarni manzilli hal etish, ishsiz fuqarolar bilan individual ishlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Kelgusida “Sharq” OFY hududida aholi bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 3