Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati, Kotibiyat mudiri Iftixorjon Jo‘raev Abdumuxtorovich hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Elchieva Nafisaxon Tohirovna ishtirokida Furqat tumanida amalga oshirilgan infratuzilma loyihalarini o‘rganish ishlari davom ettirildi.

Navbatdagi manzil Chirkay MFYdagi yopiq sun’iy maysali mini-stadion majmuasi bo‘ldi.

Mazkur ob’ekt O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi PQ-4898-sonli qarori asosida amalga oshirilgan «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasi doirasida rekonstruksiya qilingan. Ushbu loyiha doirasida qishloq hududlarida aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan yo‘l, suv, energiya, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.

Ob’ektning umumiy qiymati 2 milliard 619 million so‘mni tashkil etib, rekonstruksiya ishlari 100 foiz yakunlangan.

O‘rganish jarayonida ishchi guruh bilan birgalikda mini-stadionning umumiy holati, qurilish ishlarining sifati, sport maydonining foydalanishga tayyorligi, yaratilgan sharoitlar va ob’ektdan samarali foydalanish imkoniyatlari savolnoma asosida tahlil qilindi.

Alohida e’tibor ob’ektning mahalla yoshlari uchun amaliy ahamiyatiga qaratildi. Yaratilgan sharoitlardan foydalangan holda yoshlarni muntazam sportga jalb qilish, mini-futbol musobaqalarini tizimli tashkil etish va sportga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Qurilib, foydalanishga topshirilgan har bir ob’ektning haqiqiy qiymati uning qog‘ozdagi ko‘rsatkichi bilan emas, aholi hayotida bergan amaliy natijasi bilan o‘lchanadi.

Slide 1 of 1