Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI

Furqat tumani Istiqlol MFY hududida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarni o‘rganish jarayonida infratuzilma ob’ektlarining holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati, Kotibiyat mudiri Iftixorjon Jo‘raev Abdumuxtorovich hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Elchieva Nafisaxon Tohirovna bilan birgalikda ishchi guruh ishtirokida ob’ektlarni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida ichimlik suvi tarmog‘idagi suv taqsimlash qudug‘i sababsiz ravishda ko‘mib yuborilgani aniqlandi.

Mazkur holat mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, suv taqsimlash qudug‘ining ochiq va texnik jihatdan foydalanishga qulay holatda bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi.

Xususan, quduqda tegishli zadvijka — suv oqimini zarurat tug‘ilganda tezda to‘xtatish va tarmoqning alohida qismini ajratish imkonini beruvchi moslama bo‘lishi zarurligi qayd etildi.

Bu kabi texnik yechimlar avariyaviy holatlar yuzaga kelganda suvni tezda to‘xtatish, ta’mirlash ishlarini xavfsiz tashkil etish va tarmoqning boshqa qismlariga suv yetkazib berish jarayonini to‘liq izdan chiqarmaslik uchun muhim ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan qurilish ishlarini olib borayotgan mas’ullarga aniqlangan kamchilikni bartaraf etish, suv taqsimlash qudug‘ini belgilangan talablar asosida qayta tiklash va zarur zadvijkani o‘rnatish bo‘yicha aniq vazifa va muddat belgilandi.

O‘rganish davomida berilgan topshiriqlarning bajarilishi keyingi nazorat o‘rganishlarida qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Infratuzilmada kichikdek ko‘ringan bir kamchilik ham keyinchalik katta muammoga aylanishi mumkin. Shu bois har bir muhandislik yechimi loyiha va xavfsizlik talablari asosida bajarilishi shart.

Slide 1 of 1