Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“Tong yulduzi” mahallasida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Suvanov Ashurbek Ilhom o‘g‘li  saylangan 24-"Navbahor" saylov okrugiga qarashli "Tong yulduzi" mahallasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha aylanib o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

Mahalladagi 11 ta ko‘chaning har biri bo‘ylab xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi.
Tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi asosida tashkil etildi. O‘rganishlar davomida aholining bandligi, tomorqalardan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ichki yo‘llarning holati, obodonlashtirish hamda hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan barcha muammolar deputatning maxsus nazorat jurnaliga qayd etildi.

Slide 1 of 5