Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Mahallada obodlik ishlari izchil davom etmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 1-«Oqoltin» saylov okrugidan saylangan deputat Choriyeva Dilfuza hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardanov hamkorlikda tumandagi «Muzrabot darvoza» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada joylashgan 11- va 26-sonli umumta’lim maktablarida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Xususan, ta’lim muassasalari hududlarini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay va shinam muhit yaratish borasida bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yakunda, mahallalarni obod va fayzli maskanga aylantirish, ta’lim muassasalarida qulay sharoit yaratish hamda aholi uchun munosib yashash muhitini shakllantirish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 5