Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
DEPUTAT FAOLIYATI. MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, YECHIMI BO‘YICHA AMALIY CHORALAR KO‘RILMOQDA.

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar o‘zlari saylangan hududlarda saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashda tashabbus ko‘rsatmoqda.Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovichga o‘zi saylangan “Bo‘rsiliq” MFY, A.Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan hududdagi kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qilindi.Murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida deputat S.Karimshikov ko‘cha boshi Xamidulla Mirzaboyev bilan birgalikda “Buloqboshi” MFY, A.Navoiy shox ko‘chasidagi 80-uy oldida joylashgan oqova suv quvurlari kolodetsining holatini o‘rgandi.O‘rganish davomida hududdan yangi katta avtomobil yo‘li qurilishi natijasida soy bo‘yidan o‘tgan kanalizatsiya tarmog‘ining ayrim qismlari buzilgani, buning oqibatida mavjud kanalizatsiya tizimi ishlamayotgani aniqlandi. Mazkur muammoni bartaraf etish va kanalizatsiya tarmog‘ining faoliyatini qayta tiklash zarurligi qayd etildi.Aniqlangan muammo hududdagi mavjud masalalarni qayd etish daftariga kiritildi. Kanalizatsiya bilan bog‘liq masalani tegishli doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqish hamda uni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik nazorati doirasida murojaat etish belgilandi.Shuningdek, ko‘cha boshi tomonidan ko‘chaning 80 metr qismini asfaltlashtirish masalasida ham murojaat bildirildi. Mazkur masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat etish belgilandi. Bunday uchrashuvlar deputatlik nazoratini joylarda kuchaytirish, aholini qiynayotgan muammolarni bevosita o‘rganish, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Slide 1 of 5