Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasidagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida deputatlar tomonidan mahalladagi elektr tarmoqlari, simyog‘ochlar va ichki yo‘llarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida aholi xonadonlariga elektr energiyasini yetkazib beruvchi tarmoqlarning holati, simyog‘ochlarning texnik holati va ularning foydalanishga yaroqliligi ko‘zdan kechirildi. Ayrim hududlarda eskirgan, tashqi ta’sirlar natijasida holati yomonlashgan simyog‘ochlar mavjudligi aniqlanib, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy va xavfsiz tayanchlarga almashtirish zarurligi qayd etildi.

🔺Shuningdek, ichki ko‘chalarning holati ham o‘rganilib, ayrim yo‘llarda asfalt qoplamasi eskirgani, ba’zi uchastkalarda esa yo‘l qoplamasi talab darajasida emasligi aniqlandi. Mazkur holat aholining kundalik harakati, avtotransport vositalarining qatnovi, ayniqsa, yog‘ingarchilikli kunlarda fuqarolar uchun muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgani ta’kidlandi. Mazkur masalalarni hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik murojaatlari yo‘llash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilash va ishlarning bajarilishini nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 2