Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#Murojaat_va_ijro
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Farovon" mahallasida infratuzilmani yaxshilash va murojaatlar ijrosi ko‘rib chiqildi

Bandixon tumanida aholi turmush darajasini oshirish, hududiy infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish borasida deputatlik nazorati izchil olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat A. Pardayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E. Eshonqulov "Farovon" mahallasida bo‘lib, mahalla faollari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazdilar.

Tashrif davomida ilgari berilgan 24 ta tavsiya ijrosi hamda aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Muloqotlar jarayonida mahalla faollari tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr simyog‘ochlarini yangilash, elektr ta’minotini tartibga keltirish hamda obodonlashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar eshitildi.

Yakunda barcha masalalar deputatlik nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilab olindi.

Slide 1 of 6