Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
MAHALLADA OBODLIK VA FAROVONLIK SARI MUHIM QADAMLAR

 MAHALLADA OBODLIK VA FAROVONLIK SARI MUHIM QADAMLAR 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov, “Madad” NNT Quva
tuman vakili X.Qodirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinovlar
Xonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, xususan, A.Temur ko‘chasida
manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati tomonidan ko‘chaboshi
A.Hasanboyev bilan birgalikda mahallada ko‘cha aylanib, aholi uchun yaratilgan
sharoitlar va mavjud masalalar o‘rganildi.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi “Alohida
tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-298-son qarori ijrosi doirasida mahallada yo‘l
infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar aholi hayotida
muhim qulayliklar yaratmoqda.
 

Ayni paytda mahallada istiqomat qiluvchi 180 ta xonadon hamda 30 dan ortiq
tadbirkorlik sub’ektini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar
boshlangani aholi uchun quvonarli yangilik bo‘ldi.
 

Ko‘chaboshi A.Hasanboev ta’kidlaganidek, mazkur amaliy ishlar mahalla
aholisining turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Aholi
davlatimiz rahbarining inson qadri va farovonligini ta’minlashga qaratilgan
e’tiboridan minnatdorligini bildirib, amalga oshirilayotgan ezgu ishlar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida aholi
uchun munosib tuhfa bo‘layotganini ta’kidladi.
  

Slide 1 of 4