Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Deputat so‘rovi chiqarildi

 DEPUTAT SO‘ROVI 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Nazokat Baymuratova tomonidan
“Xorazm elektr tarmoqlari” AJ Qo‘shko‘pir tumani elektr ta’minoti korxonasi
boshlig‘i S.S. Yusupov nomiga Qo‘shko‘pir tumani “Baratlar” MFYda istiqomat qiluvchi
fuqaro Xudaybergan Qurbonboyevning mahallada elektr energiyasi kuchlanishining
pastligi bilan bog‘liq murojaati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
 

Murojaatda xonadonlarda elektr energiyasi kuchlanishining yetarli darajada bo‘lmayotgani,
bu esa aholi turmush sharoitiga hamda kundalik ehtiyojlarini ta’minlashga
noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etilgan.
 

Deputat Nazokat Baymuratova aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy
manfaatlarini himoya qilish doirasida mazkur masalani tegishli mutasaddi
tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqib, muammoni bartaraf etish hamda
elektr ta’minoti sifatini yaxshilash yuzasidan amaliy choralar ko‘rishni
so‘radi.
 

Mazkur deputat so‘rovi “Baratlar” mahallasida yashovchi fuqarolarning elektr
energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan
kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan
masalalarni amaliy hal etishga qaratilgan.
 

Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni
joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining
muhim yo‘nalishlaridan biridir.
 

   

Slide 1 of 1