#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazokat Yo‘ldoshovna bilan birgalikda Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilma obyektlari, aholi turmush sharoitlari, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha jami 24 ta yo‘nalishda tahliliy o‘rganish olib borildi.
Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)