Yangiliklar

7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Yangiobod ShFY hududida joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda muassasada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida bolalar xavfsizligi, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, guruhlardagi sharoitlar hamda muassasaning sanitariya-gigiyenik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4