O‘rganish jarayonida mahalla aholisi og‘zaki va yozma murojaatlar bilan o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bildirdi. Jumladan, Samarqand shahri “Azizon” MFY hududida 2 km 400 metr uzunlikdagi gaz quvurlarining eskirib, yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlandi.
Ushbu muammoni hal etish maqsadida “Azizon” MFY hududidagi gaz quvurlarini yangisiga almashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralmoqda.
Mazkur so‘rov bo‘yicha tegishli mutasaddilarga muammo haqida xabar berildi va yechim topish uchun zarur choralar ko‘riladi.
Fuqarolarimizning qulayligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida ishlar davom etmoqda!