Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Munosabat

Munosabat 

Joriy yilning 7-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala sammitida turkiy dunyoning birdamligini mustahkamlash, jahon siyosati, iqtisodiyoti va gumanitar sohadagi rolini oshirishga qaratilgan qator
muhim tashabbuslarni ilgari surdi. 

  

Jumladan: 

  

- mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari
bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida Samarqandda TDT tashqi ishlar
vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazishni
taklif etdi; 

  

- Strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik
to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi va Turkiy
davlatlar tashkilotini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish
tashabbusi bilan chiqdi; 

  

- Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha
Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni taklif
etdi; 

  

- Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirib,
Turkiy davlatlarning Sanoat alyansi, "Turkiy yashil yo‘laklar" tizimi
va "Yashil transformatsiya" konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari
surdi; 

  

- Organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Ekspertlar
guruhini tashkil etish va turkiy organik mahsulotlarning yagona brendini jahon bozoriga
olib chiqishni taklif qildi; 

  

- O‘rta koridorni rivojlantirish va uni Xitoy
– Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li hamda Transafg‘on yo‘lagi loyihalari bilan
bog‘lashni qo‘llab-quvvatladi, bojxona tartibotini raqamlashtirish va tariflarni
optimallashtirish muhimligini ta’kidladi; 

  

- Turkiy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini
kengaytirish hamda xalqaro va milliy moliya institutlari bilan hamkorlik dasturini
qabul qilishni tavsiya etdi; 

  

- Sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot bo‘yicha
“yo‘l xaritasi"ni qabul qilish va Turkiy dunyo xalqaro ko‘rgazmasini O‘zbekistonda
o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi; 

  

- O‘zbekistonda qo‘shma tadqiqotlar va innovatsiyalar
maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini e’lon
qildi; 

  

- Ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish
bo‘yicha harakatlar rejasi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish bo‘yicha
qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi; 

  

- 2026-yilda "Nizomiy Ganjaviy va Alisher
Navoiy ijodi – Turkiy dunyo ma’naviy hayotida" mavzusida xalqaro konferensiyani
o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.