Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan tuman Kengashi deputatlari ham o`zlari saylangan saylov okruglaridagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish
borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini jamoatchilik asosida o`rganishmoqda. O`rganishlar davomida ijtimoiy soha ob’ektlaridagi tabiiy gaz hisoblagichlar va isitish uskunalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, dudburonlarni tozalanganligi, mavjud gaz quvurlari, uzatish tarmoqlari hamda texnik uskunalar ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, o`rganishlar davomida aniqlangan muammolar tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazilib jamoatchlik nazorati o`rnatilmoqda.