Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGI TASHABBUSLAR - VATAN RAVNAQIGA KAMARBASTALIKKA UNDAYDI
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvda yurtimiz yoshlari uchun tarixiy imkoniyatlar e’lon qilindi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston–Bolgariya strategik aloqalari: Yangi bosqich sari dadil qadam
янв.21
О‘zbekiston-Slovakiya hamkorligi: Yangi bosqichga kо‘tarilayotgan strategik munosabatlar
янв.21
Tuman Kengashining 8-sessiyasi
янв.21
Mahalliy sanoat rivoji — tumandagi yangi bosqich boshlanishi
янв.21
Sharof Rashidov tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo'lib o'tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar o'rganishlari davom etmoqda
Sharof Rashidov tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo'lib o'tdi.

Unda viloyatdagi jinoyatchilik holati va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarning asosiy sabablari tahlil qilindi. Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish, profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish, mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan istiqbolli rejalar va choralar belgilandi. Majlisda jinoyatchilikning oldini olishda huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, jinoyatchilikka qarshi tizimli va manzilli yondashuvni shakllantirish zarurligi qatʼiy taʼkidlandi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar va ayollar bilan profilaktik ishlarda yangicha mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik bilan noqonuniy shug‘ullanishi va manfaatlar to‘qnashuvidan darak beradigan boshqa holatlarga ham eʼtibor qaratildi. Majlis davomida kadrlarni ochiq va oshkora tanlov asosida saralash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, axborot tizimlaridan samarali foydalanishni taʼminlash, sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalarida korrupsiyani kamaytirishga doir aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 8