Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI:

DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi"ning 2025-yil 28-mart kunida navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibiga 2 ta masala kiritilgan bo'lib: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 10-dekabridagi 833-sonli (https://lex.uz/docs/7254269) qarori ijrosi uzasidan Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yil I-choragida individual dasturlarda belgilangan chora- tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi, monitoringi yakunlari hamda ko‘rsatilgan amaliy yordamlar bo‘yicha tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Ravshanovaning hisoboti tinglandi. Hisobot yuzasidan tumanda oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bо‘yicha deputatlar tomonidan savol va takliflar berildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli farmoni asosida tumanda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanidagi maktablarda zamonaviy fanlarga soatlarning ajratilishining holatini tuman Kengashi huzuridagi xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan o‘rganish natijalarini deputatlar muhokamasiga qo'yildi, doimiy komissiya raisi hamda a’zolari tomonidan tumandagi barcha maktablarda zamonaviy fanlarni o‘qitishning tarmoq usullaridan foydalanish yuzasidan takliflar bildirilib, bunda o‘qitishning tarmoq usuli o‘quvchilarning fikrlarining tarmoqlanishiga va ularni jamlash, to‘g‘ri xulosa chiqarishga undashligini aytib o'tildi. 

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi 

Slide 1 of 1