Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
“Notariuslardan bepul huquqiy bilimlar” aksiyasi o‘tkazildi.

Jizzax shahar davlat xizmatlari markazida O‘zbekiston Notarial palatasi viloyat hududiy boshqarmasi va Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Mamatqulovlar hamkorligida “Notariuslardan bepul huquqiy bilimlar” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmini yaratish, huquqni muhofaza qilish sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar tayyorlashdan iborat. Aksiyada mahalla fuqarolari, yoshlar, nodavlat notijorat tashkilotlari  va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida 50 nafarga yaqin fuqarolar yer, uy-joy, mehnat va oilaviy munosabatlar, avtotransport vositalarini rasmiylashtirish, fuqarolik pasportini olish, mol-mulkga egalik qilish, hadya va meros masalalari bo‘yicha huquqiy maslahatlar olishdi.

Slide 1 of 4